Savollar
Ko'p so'raladigan savollar
Narx, o'rnatish, ma'lumot ko'chirish va texnik yordam haqida eng ko'p beriladigan savollarga javoblar.
Ha. Menejerimiz umumiy demo hisob orqali tizimni ichkaridan ko'rsatib beradi: guruhlar, davomat, to'lovlar va hisobotlar. Uchrashuv taxminan 40 daqiqa davom etadi, savollaringizga o'sha yerda javob beramiz. Alohida sinov muhiti ochilmaydi va sizning ma'lumotlaringiz yuklanmaydi — namoyish umumiy demo hisobda o'tkaziladi.
Namoyishdan so'ng markazingizga mos tarkib va narx aniqlanadi. Litsenziya narxi 7 200 000 so'mdan boshlanadi va bir marta to'lanadi. To'lovdan keyin biz tizimni o'rnatamiz, ma'lumotlaringizni ko'chiramiz va xodimlaringizni o'qitamiz — bularning barchasi narxga kiradi.
Ma'lumotlaringizning xavfsizligi biz uchun eng muhim mas'uliyat. Platformamiz zamonaviy xavfsizlik standartlariga rioya qiladi va barcha ma'lumotlaringiz maxfiy saqlanadi. Hamkorlikni rasmiy shartnoma asosida boshlaymiz.
Ha, bizda mobil qulay platforma mavjud. SchoolupCRM osonlik bilan va istalgan qurilmada ishlaydi (mobil, planshet). Shuningdek, iOS va Android uchun ilovalarni ishlab chiqishni rejalashtiryapmiz.
Bu mumkin, bizda siz o'zingiz CRMni ishga tushurib ketishingiz uchun maxsus video kurslar mavjud. Shuningdek biz sizga markazingizga borib yoki online yordam ham beramiz. Agar sizda biron bir savol yoki qiyinchilik bo'lsa, bizning mutaxassislarimizga murojaat qilishingiz mumkin.
CRM tizimi savdolarning o'sishi va ko'payishiga bevosita ta'sir qilmaydi. Biroq, CRM bir nechta asosiy vazifalarni qamrab olishi mumkin:
1. Yangi mijozlarni yo'qotmaysiz
2. Tartibsizlik mavjud emas
3. Mijoz bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirasiz
4. Mijoz bilan o'zaro munosabatlarning butun tarixini bir zumda ko'ra olasiz
5. Real-vaqt rejimida aniq statistikalarni olasiz
Demo namoyishida menejer avval markazingiz qanday ishlashini so'raydi, so'ng aynan shu jarayonlarni umumiy demo hisobda ko'rsatadi. Shu bosqichda dastur sizga mos kelishini hech qanday majburiyatsiz baholaysiz. Tizimda 250 dan ortiq o'quv markazi va 100 000 dan ortiq faol o'quvchi ishlaydi — markazlarning odatiy jarayonlari dasturda allaqachon hisobga olingan. Agar mos kelmasa, sotib olmaysiz.
Schoolup